HLF_Buklet_you_know_you_can_all_210_297_UZ

Mijozlar bilan qanday muloqot qilish kerak?

Mijozlaringiz o’z ustida ishlashni boshlaganda, qanday ichki to’siqlarga uchrashini bilasizmi? Hattoki ular kulib tursalarda ularga oson bo’lmasligi mumkin. Ushbu murakkab yo’lda ular ko’plab anglashilmovchiliklar va befarqliklarga duch keladilar. Aynan shuning uchun siz o’z mijozlaringizni juda yaxshi tushunishingiz darkor. Ularga oddiy va to’g’ri savollarni berish orqali, ular bilan birga ekanligingizni va ularning og’riqlarini tushayotganingizni ko’rsatishingiz mumkin. Ularni ko’proq eshiting hamda takroriy savollarni berishdan tiyiling. O’z bilimlaringizni Mijozlarni qiziqtirayotgan savollarga yo’naltiring. Ulardan ushbu dasturdan aynan nimalarni kutayotganlarini so’rab biling. Ushbular sizga o’z mijozlaringizni yanada yaxshiroq tushunishingizga yordam beradi. Kerakli vaqtlarda ularga o’z muvaffaqiyat tarixingizni so’zlab bering, bu ularga albatta katta ko’mak va kuch beradi. Va albatta har doim pozitiv kayfiyatda bo’lishni unutmang. Mijozlaringizga quyidagi savollarni berib ko’ring, natijasidan o’zingiz ham hayratda qolasiz. Ushbu savollarga javob berarkan mijozlaringiz sizga qanchalik ishonayotganlarini hamda ochiq oydin gaplashayotganlarini sezasiz: • Maqsadingizni ta’riflab bering • Vazn borasidagi avvalgi maqsadingiz haqida gapirib bering, qanday natijalarni qo’lga kiritgan edingiz? • Avvalgi urinishlaringizda qanday ijobiy natijalarni qo’lga kiritgan edingiz? • Nimalarni uddasidan chiqa olmagandingiz?

• Nima deb o’ylaysiz, nima uchun avvalgi safar ko’zlangan maqsadga yeta olmadingiz? • Siz o’z kundalik ovqatlanish ratsioningizga va kun tartibingizga qandachlik o’zgartirish kirita olasiz?

Mijozlaringizdan olgan ma’lumotlaringiz bilan bo’lishing, quyida bir nechta shunday misollar bilan tanishasiz!

Made with FlippingBook flipbook maker